“Real” o‘z futbolchisini “Bavariya”dan ololmasligi mumkin, agar…

“Real” o‘z futbolchisini “Bavariya”dan ololmasligi mumkin, agar…

Ronaldu “Yuventus”ga sotilgach, “Real” tarkibni kuchaytirish haqida o‘ylab qoldi. Xususan, “qirollik klubi” Xames Rodrigesni “Bavariya”dan muddatidan avval qaytarib olmoqchi.

Kolumbiyalik futbolchi Myunxen klubiga 2 yillik ijara asosida o‘tgandi. Shuning uchun “Bavariya” futbolchini Madridga qo‘yib yubormasligi mumkin. Ammo agar Xamesning o‘zi “Real”ga qaytishni istasa, “Bavariya” uni qaytarishga majbur bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xames Xulen Lopetegi boshqaruvidagi “Real” omadini sinab ko‘rmoqchi, u Madridga qaytishga qarshi emas. O‘z navbatida “Bavariya” mutasaddilari ham “:Real” rahbariyati bilan yaxshi munosabatda va bir futbolchini deb nizoga bormoqchi emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!