“Real”ning yangi murabbiyi haqida qiziq fakt

“Real”ning yangi murabbiyi haqida qiziq fakt

Yaqinda Madridning “Real” klubi o‘ziga yangi murabbiy tayinladi. Xabaringiz bor, Zinedin Zidanning iste’fosidan keyin jamoa bosh murabbiysiz qolgandi.

Endi “qirollik klubi”ni Xuan Lopetegi boshqaradi. Lopetegi ayni damda Ispaniya termasi bilan jahon chempionatida ishtirok etish arafasida. Xorij nashrlarida Xuan Lopetegi bilan bog‘liq qiziq ma’lumot paydo bo‘ldi. Ya’ni Lopetegi o‘z vaqtida “Barselona”da o‘ynab, keyin “Real” murabbiyiga aylangan 5-mutaxassis bo‘ldi. Bu paytga qadar Fransisko Bru, Ektor Skarone, Enrike Fernandes va Bernd Shusterlar “Barselona”da to‘p surib, keyin “Real”ga murabbiylik qilishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!