Rasman! Kitoblik bemorning vafot etgani tasdiqlandi, ammo...

Rasman! Kitoblik bemorning vafot etgani tasdiqlandi, ammo...

Oldinroq Kitob tumanida 1963 yilda tug‘ilgan erkak koronavirusga chalingani va vafot etgani haqida xabar qilgan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu borada rasmiy ma’lumot berdi.

"Gumonlanuvchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro N.O. Kitob tumanida yashagan. U 2020 yil 10 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasiga ketgan. Joriy yil 9 may kuni yurtimizga qaytib kelgan va Toshkent viloyatidagi Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingan. 10 may kuni esa Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

O‘tkazilgan diagnostik taxlillardan so‘ng bemorda “Covid-19” infeksiyasi aniqlanmagan. Bundan avval  u jigar sirrozi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 29 may kuni  Kitob tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan. Koronavirus infeksiyasiga olingan taxlil unda gumon natijani qayd etgani bois surtma namunalari 31 may kuni o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, maxsus laboratoriyaga yuborilgan. Shu kuni u o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Koronavirusga gumonlangan marhum bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar ehtiyot chorasi sifatida stasionar va uy karantiniga olingan. Kitob tuman hududi to‘liq karantinga yopilgan.

Shu yilning 31 may kuni yuborilgan surtma namunalarini takror tekshiruv natijalariga ko‘ra,  marhum bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi. Demak, bir oy ichida o‘tkazilgan  ikkinchi bor diagnostik taxlil ham N.O. “Covid-19” infeksiyasiga chalinmaganligini ko‘rsatgan. U yondosh kasalliklar tufayli vafot etganligi ma’lum bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, qat’iy sanitariya qoidalariga ko‘ra, karantinga olingan fuqarolar ma’lum muddat tibbiy kuzatuvda bo‘lishadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!