Ramzan Qodirov: "Putin Rossiyani umrbod boshqarishi kerak"

Ramzan Qodirov: "Putin Rossiyani umrbod boshqarishi kerak"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin umrbod prezident etib saylanishi kerak. Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

"Men har doim Putinning umrbod prezident bo‘lishi kerakligini aytganman", — deb ta’kidladi u.

Checheniston rahbari global miqyosda Putinning o‘rnini bosadigan siyosiy lider yo‘qligiga va Rossiya fuqarolari bundan g‘ururlanishiga ishonch bildirdi. Qodirov, shuningdek, Rossiya Konstitusiyasiga kiritiladigan tuzatishlar Putinning umrbod boshqaruvi uchun emas, balki davlatning mavqeini mustahkamlash va davlatni saqlab qolish uchun taklif qilingan degan fikrga qo‘shildi.

"Biz hammamiz ushbu o‘zgartirishlar uchun ovoz berishimiz kerak!" - dedi u. U Putinga ovoz bermaganlarni bolalarining kelajagi haqida qayg‘urmaslikda aybladi, shuningdek, Checheniston Respublikasida bunday oilalar bo‘lmaydi, deb ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!