Quyosh nuri Yerga tushmay qolishi mumkin — olimlar

Quyosh nuri Yerga tushmay qolishi mumkin — olimlar

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ratgers universiteti olimlari keng miqyosli yadro urushi iqlimning sezilarli o‘zgarishiga va quyosh nurlarining to‘silishiga olib kelishini ta’kidladilar. Tadqiqotchilar iqlim o‘zgarishini yadro urushining olti ssenariysida tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.

Bu yerda asosiy ziddiyat Rossiya va AQSH, Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi yadroviy qarama-qarshiliklar, deb yozadi Communications Earth & Environment jurnali.

"Yadro qurolidan foydalanish ulkan yong‘inlarni keltirib chiqaradi, shu tufayli millionlab tonna kuyik atmosferaning yuqori qatlamiga tushadi va quyosh nurlarini to‘sadi", deydi olimlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!