Qo‘shimcha malumot: Sergelidagi YTH oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etdi

Qo‘shimcha malumot: Sergelidagi YTH oqibatida bir nafar yo‘lovchi vafot etdi

Joriy yilning 09 iyul kuni soat 19:40 larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida, haydovchi 1981 yilda tug‘ilgan (ayol) D.U. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi;
Haydovchi 1984 yilda tug‘ilgan (erkak) A.A. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi hamda 2002 yilda tug‘ilgan (erkak) I.M. boshqaruvida bo‘lgan Honda rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

🛑YTH natijasida haydovchi 1981 yilda tug‘ilgan (ayol) D.U. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi yo‘lovchisi 1991 yilda tug‘ilgan (ayol) S.X. shifokorlarning say harakatlariga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Shuningdek ushbu yo‘l transport hodisasi natijasida
Spark rusumli avtomashina haydovchisi 1981 yilda tug‘ilgan (ayol) D.U. va Honda rusumli avtomashina yo‘lovchisi 2002 yilda tug‘ilgan (ayol) M.R.lar tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

📑Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!