Qur’onda eng ko‘p ta’kidlangan amalni bilasizmi?
Taqvo Qur’oni karimda eng ko‘p ta’kidlangan amal. Sizning ham ko‘p oyatlardan o‘qiganingiz – taqvo haqidadir. Tasavvufning eng muhim mavzularidan biri ham taqvodir. Hatto tasavvufni qisqacha: «taqvo yo‘li» deydilar. Tasavvuf taqvo yo‘lidir... Bu yo‘ldan yurgan eng yaxshi mutasavvif bo‘ladi. Eng yaxshi mutasavviflar eng taqvoli insonlardir.
Shuning uchun taqvoni o‘rganmoq va taqvoga amal qilmoq lozim. Ya’ni Allohdan doimo qo‘rquvdasiz, Haq yo‘lini bilasiz... «Ajabo, Alloh menga marhamat etmasmi?.. Ajabo, bu so‘zni so‘ylaganda Allohim mendan rozi bo‘lmasmi?.. Ajabo, Alloh menga qahr qilmasmi?», – deb doimiy bir taraddud ichida bo‘lishingiz kerak. Bu – «Alo hozirin», ya’ni doimo xavf ichida bo‘lmoq deyilur... Kishi ehtiyotli, tadbirli, diqqatli, g‘amxo‘r, talabchan va e’tinoli musulmon bo‘lishi zarur.
Innamo yataqabbalullohu minal muttaqiyn ( «Al-moida»,27) – «Alloh faqat taqvodorlardangina qabul qilur» deb buyuriladi mazkur oyati karimada. Ibodatlarning qabul bo‘lishiga sabab shu — taqvodir. Namozni taqvo bilan qilsang qabul bo‘ladi. Zakotni, sadaqani taqvo yo‘lida bersang, qabul bo‘ladi.
Hazrati Odam alayhissalomning ikki o‘g‘li bor ekan. Ikkisi ham qurbonlik qilibdi. Birisiniki qabul bo‘libdi, ikkinchisiniki bo‘lmabdi. Sababi Qur’oni karim: «Alloh faqat taqvodorlardangina qabul qilur», – deydi. Taqvosizdan qabul qilmas. Taqvosiz, fikri buzuq, qalbi notoza, niyatida qusur bo‘lsa qabul qilmas. Shuning uchun tasavvufni bir jihatdan «Taqvo yo‘li» deydilar. Bu gunohlardan saqlanib, savobli ishlarni orqaga surmay, nazardan qochirmay yashash yo‘lidir. Buni o‘rganishingiz kerak.
"Islom va axloq" kitobidan olindi