QQS to‘lovchilar soni yil sayin ortib bormoqda

QQS to‘lovchilar soni yil sayin ortib bormoqda

Davlat soliq qo‘mitasining xabar berishicha, 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 162 mingdan ortiq qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilar mavjud.

3 yil ichida ularning soni ikki barobar, 2016-yildan buyon esa deyarli 20 barobar oshdi.

Mutaxassislar bu o‘sishni, birinchi navbatda, soliq yukini adolatli taqsimlash va kamaytirish bilan izohlamoqda.

Eslatma:

QQS stavkasi 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.

Davlat rahbari 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2023 yil 1 yanvardan QQS stavkasi 12 foizga tushirilishini ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida:
2022 yilda 19,6 ming soliq to‘lovchi QQS to‘lashga o‘tdi:

- ularning yarmidan ko‘pi - ixtiyoriy ravishda;

- soliq majburiyati vujudga kelgan paytdan boshlab 9,4 ming soliq to‘lovchi avtomatik tarzda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olindi.

2022 yilda QQS to‘lovchilar eng ko‘p ro‘yxatga olingan TOP-5 ta hudud:

- Toshkent shahri - 5,3 ming;
- Toshkent viloyati - 1,9 ming;
- Samarqand viloyati - 1,7 ming;
- Farg‘ona viloyati - 1,5 ming;
- Buxoro viloyati - 1,3 ming.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!