Qozog‘istondagi terror ortida ikkita davlat turibdi — jurnalist

Qozog‘istondagi terror ortida ikkita davlat turibdi — jurnalist

Qozog‘istondagi davlat to‘ntarishiga urinish ortida bir qancha davlatlarning ishtiroki ko‘rinib turibdi. «Zulmga qarshi kurashchilar» Ukraina va Polsha hududidan xotirjam harakat qilmoqdalar. Bu davlatlarning rasmiylari esa ayrim tuzilmalarning «terroristik tavsiyalari»ga ko‘z yumadi.

Qozog‘istondagi voqealar kamida ikki davlatning aralashuvga urinishini ko‘rsatmoqda, dedi rossiyalik jurnalist Vladimir Solovyov.

Birinchisi - Polsha, aynan shu mamlakatdan terrorchilarning axborot homiysi — Nexta deb nomlangan tuzilma (Belorussiyada kanal ekstremistik deb tan olingan) harakat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, manba ortida Polsha maxsus xizmatlari turibdi.

Nexta ko‘cha janglarini qanday o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar bera boshlagan. Polsha rasmiylari esa hech qanday munosabat bildirmadi. Solovyovning fikricha, bunday tavsiyalar bergan shaxslar terrorchilarning axborot homiylari sifatida javobgarlikka tortilishi kerak. Endi bu resurs Rossiyada taqiqlangan ISHIDning axborot homiylaridan deyarli farq qilmaydi.

Darhol «Zulmga qarshi kurashchilar» – «Qozog‘iston ozodlik fronti» paydo bo‘ldi. Solovyov ISHID a’zolari tarqatgan xabarlar bilan frontning murojaati uslubi o‘xshashligiga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishi uyushtirishga urinishda muhim rol o‘ynagan ikkinchi davlat bu Ukrainadir. Aynan Kiyev hududida Ablyazov (Qozog‘istondan sobiq bankir) ishlagan. U go‘yo tinch namoyishlarga bevosita rahbarlik qilgan. Solovyovning so‘zlariga ko‘ra, aynan Ablyazov aniq terrorchi guruhlarning homiysi hisoblanadi.

Jurnalistga ko‘ra, Fransiya Polsha va Ukrainaga qo‘shildi, bu esa u yerda qochqinlik maqomini olgan Ablyazovga u yerda bunday harakatlarni uyushtirish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!