Qozog‘iston va MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshdi

Qozog‘iston va MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oshdi

Qozog‘iston va MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 9 foizga oshib, 36 milliard dollarga yetdi

Bosh vazir Alixon Smoilov Sochida bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida o‘tgan yilgi raqamlarni keltirdi.

Uning ta’kidlashicha, joriy yilning dastlabki uch oyida o‘zaro tovar ayirboshlash ham 9 foizga oshgan.

"Ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi ko‘p jihatdan MDH erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish hisobiga ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, hozirgi sharoitda MDHda o‘zaro savdodagi mavjud to‘siqlar, cheklovlar va imtiyozlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni sezilarli darajada faollashtirishimiz zarur. ”, dedi Smoilov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!