Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri "Nursulton"ga o‘zgartirildi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri "Nursulton"ga o‘zgartirildi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri Nursultonga o‘zgartirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Qozog‘iston parlamenti deputatlari ikki o‘qishda konstitusiyaga poytaxt nomini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi.

“Tarixiy qaror qabul qilindi”, - dedi Qozog‘iston parlamenti deputati Nurlan Nigmatulin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishgan Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri nomini Nursultonga o‘zgartirish taklifini kiritgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!