Qozog‘iston poytaxti "Nur-Sulton"dan "Ostona"ga qaytadimi?

Qozog‘iston poytaxti "Nur-Sulton"dan "Ostona"ga qaytadimi?

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahri yaqin kelajakda avvalgi nomiga qaytmaydi. Bu haqda hukumat yig‘ilishida Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Yerali Tug‘jonov ma’lum qildi, deb yozadi Orda.kz.

Jurnalistlar undan poytaxtni yana "Ostona" deb nomlash haqida so‘rashdi, biroq Tug‘jonov bunga asos yo‘qligini aytdi.

“Buning uchun hali hech qanday sabab ko‘rmayapman. Yana aytamanki, hozircha hech qanday asos yo‘q”, — dedi Tug‘jonov hukumat majlisida.

Shuningdek, u poytaxt kunini nishonlash sanasi boshqa muddatga ko‘chirilganiga ham izoh berdi. Endi u birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi.

“Biz bir kishining tug‘ilgan kunini emas, poytaxt kunini nishonlayapmiz. Har yili Nur-Sulton shahrining tug‘ilgan kuni nishonlanganidek, bundan keyin ham nishonlanadi. Bilasizki, bizda ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan. Ular rejalashtirilganidek, 1 iyuldan boshlab o‘tkazilmoqda. 1 iyuldan 8 iyulgacha bo‘lgan barcha tadbirlar Poytaxt kuni doirasida o‘tkazilmoqda”, — dedi Tug‘jonov.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 23 mart kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri rasman Nur-Sulton deb o‘zgartirildi. Bu haqdagi farmonni prezident Qosim-Jomart Toqayev imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!