Qoraqalpog‘istondagi namoyish jami qancha zarar yetkazgani aytildi

Bugun AOKAda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holat davrida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi:
Joriy yil 16 iyul holatiga ko‘ra, tergov-tezkor guruhi tomonidan o‘tkazilgan tergov harakatlari doirasida:
🔎 hodisa yuz bergan hududlar va joylar ekspert va mutaxassislar ishtirokida to‘liq ko‘zdan kechirilib, ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 550 dan ortiq ashyo va narsalar rasmiylashtirib olindi;
🏥 avval xabar berganimizdek, tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan 274 nafar fuqarolarga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi, shundan 16 nafar fuqaro tibbiy muassasalarda qolmoqda, afsuski, yana 3 nafar fuqaro ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgani bois, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, vafot etdi;
📢 ommaviy tartibsizliklar oqibatida jabrlangan shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, o‘z xizmat burchini bajarayotgan vaqtida tan jarohati olgan 141 nafar huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda sog‘lig‘i va mulkiga zarar yetkazilgan 16 nafar fuqaro jabrlanuvchi deb e’tirof etildi.
✅ Jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar doirasida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, belgilangan tartibda ushlangan fuqarolarning himoya huquqi advokat orqali amalga oshirishi to‘liq ta’minlangan, ularning ushlanganligi va qamoqqa olinganligi hamda saqlanayotgan joyi haqida yaqin qarindoshlariga belgilangan tartibda xabar berilgan.