Qoraqalpog‘istonda rashkchi er xotinini pichoqlab tashladi

Qoraqalpog‘istonda rashkchi er xotinini pichoqlab tashladi

Qoraqalpog‘istonning xo‘jayli tumanida erkak rashq oqibatida ham o‘ziga ham rafiqasiga pichoq urdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

2019 yil 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida yashovchi T.T. uyida rashq tufayli birga yashovchi rafiqasi G.M.ni, so‘ng o‘zini ham pichoq urib jarohatladi , - deyiladi xabarda.

Natijada er-xotin tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oiladagi qotilliklarning aksariyati aynan rashk tufayli sodir etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!