Qoraqalpog‘istonda 5 nafar bemor koronavirusni yengdi
Ayni soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 43, yoshi kichigi esa 35 yoshda. Hududlar kesimida olidigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatidan 2 nafardan, Samarqand viloyatidan 1 nafar.
Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 133 ta holatda kasallik qayd etilgan bo‘lsa, ularning 122 nafari sog‘aygan edi. Endilikda koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 127 nafarga yetdi. Hozirda shifokorlarimiz ushbu xududda davolanayotgan 6 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.
‼️Shunday qilib, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2728 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.