Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra,24 nafar gumonlanuvchini jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi. Ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi.

Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda 24 nafar gumonlanuvchi jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarildi

Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekanligi, qaramog‘ida Voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek oilaviy sharoiti og‘ir ekanligi, ba’zi shaxslarning oilada yolg‘iz boquvchi bo‘lganligi e’tiborga olindi.

Qayd etish lozimki, Komissiya a’zolari o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon fuqarolar murojaatlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratmoqda. Har bir murojaat darhol o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bugun 24 nafar gumonlanuvchining jamoat kafilligi asosida o‘z oilasiga qaytarilishi ham ushbu say-harakatlarning natijasidir.

Komissiya a’zolari xolis xulosani tayyorlashni murojaatlarni o‘rganishdan boshlagan. Uning faoliyatiga oid yangiliklar bilan @commissionuz telegram kanali orqali tanishib borishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lib o‘tgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish bo‘yicha tergov jarayonlari davom etmoqda.



Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!