Qoraqalpog‘istonda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda 10 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash jarayonida minglab tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida shifokorlar astoydil mehnat qilishmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi  yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ular respublika sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 1 nafari Farg‘ona viloyatidan, 9 nafari Qoraqalpog‘istondan (7 nafari Nukus shahridan  bo‘lsa, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 42 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda. Samarali davolash muolajalari tufayli bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 19 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 29 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 689  nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!