Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketdi

Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri ishdan ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining sog‘liqni saqlash vaziri Otajon Hamroyev o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Otajon Hamroyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan 2020 yil 13 may kuni sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangandi.

Avgust oyida Otajon Hamroyevning koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqalgandi. Qoraqalpog‘iston SSV matbuot xizmati esa vazir koronavirus bilan kasallangani haqidagi xabarlarni rad etgandi. Biroq vazirga bo‘yin umurtqa grijasining og‘ir holati tashxisi qo‘yilgani va davolanayotgani ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!