Qorako‘l qo‘yini kooperasiya asosida xonadonlarda boqish taklif qilindi

Qorako‘l qo‘yini kooperasiya asosida xonadonlarda boqish taklif qilindi

Hozirgi kunda yurtimizda 39 ta qorako‘lchilik xo‘jaligi bor. Buxoro viloyatidagi 2 million gektardan ziyod yaylovda 2 million bosh qo‘y boqilayapti. Bular, albatta, yetarli emas.

Shu bois qorako‘l qo‘yini kooperasiya asosida xonadonlarda boqish taklifi bildirildi. Xususan, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘ijduvon, Peshku, Jondor, Olot tumanlarida aholiga qo‘ylar yetkazib berilib, yaylov va quduqlar ajratiladi. Ozuqabop o‘simliklar maydonlari kengaytiriladi.

Bu kabi choralar orqali qorako‘l qo‘ylarini 6 million boshdan 7 million boshga yetkazish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!