«Qora niyat» seriali aktrisasi hibsga olindi

«Qora niyat» seriali aktrisasi hibsga olindi

«Qora niyat» serialida Lila rolini ijro qilgan aktrisa Ayshegul Chinar polisiya xodimlari tomonidan qamoqqa olindi. Bu haqda Haberturk ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, Istanbulning Beylikduzu tumanida do‘stlari bilan hordiq chiqargan aktrisa uyda qaytayotganida polisiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Tintuv vaqtida Ayshegulning mashinasidan narkotik moddalar topilgan. Qamoqqa olingan Chinar ko‘rsatmasida bular unga tegishli emasligi, hech qachon narkotik moddalardan foydalanmaganini ta’kidlagan.

«Ushbu tuzoq holi joyimga qo‘ymayotgan sobiq yigitim tomonidan uyushtirilgan», — degan Chinar.

Ma’lumot uchun, 1999 yilda Antaliyada dunyoga kelgan Ayshegul Mujdat Gezen nomli san’at markazining teatr bo‘limini tamomlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!