Qor tufayli 200 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qoldi

Qor tufayli 200 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qoldi

AQShning janubi-sharqiy hududlariga kuchli qor bo‘ronlari kuzatildi. Natijada 1,3 mingdan ziyod aviareyslar bekor qilindi, deb yozadi The New York Times.

Bu borada Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlari eng ko‘p jabr ko‘rdi. Ushbu hududlarda qor bilan birgalikda muz yomg‘iri ham yoqqan. Oqibatda 200 mingdan ortiq uylar elektr tokisiz qolgan. Yuzlab YTH sodir bo‘lgan. Ayni paytgacha tabiiy ofat tufayli bir kishi hayotdan ko‘z yumganligi xabar qilingan. U boshqarib ketayotgan avtomobil ustiga daraxt qulab tushgan.

Ikkala shtatda ham 11 dekabrga qadar temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, qor bo‘ronlari susayishni boshlagan. Shunga qaramay, rasmiylar aholini zarurat bo‘lmagan holatda o‘z uylarini tark etmaslik va shaxsiy avtoulovlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!