Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi
Toshkentda 10 sentyabr kuni “Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha tajribasi va uni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyati” mavzusida O‘zbekiston – Xitoy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda parlament a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, shuningdek, XXR Xalq vakillari Umumxitoy majlisi delegasiyasi vakillari ishtirok etdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlari ikki davlat rahbarlarining muntazam tus olgan muloqotlari natijasida yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil aprel oyida “Bir makon – bir yo‘l” xalqaro forumi doirasida XXR Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ko‘plab yo‘nalishlar, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur konferensiya ham ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uzviy muloqotning, sermahsul kelishuvlarning natijasi sifatida tashkil etildi.
Agrar sohani isloh qilishning o‘ziga xos yo‘lini tanlagan Xitoy qishloq xo‘jaligida ulkan yutuqlarga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mazkur mamlakatning ilg‘or tajribasini joriy etish orqali O‘zbekistonning agrar sohadagi salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyati mavjud.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilish, sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish, mahsulotni qayta ishlash tizimi va qo‘shimcha qiymatni shakllantirishni yanada takomillashtirishda sezilarli natijalarga erishilmoqda. Sohani rivojlantirish bo‘yicha uzoq istiqbolli yangi vazifalar belgilab olingan. Xususan, asosiy o‘sish marrasi, iqtisodiyotning drayveri sifatida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini 2020-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida minglab yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining real daromadini oshirishga erishiladi.
Anjumanda agrar tarmoqqa innovasion texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga alohida urg‘u berildi. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligiga innovasion g‘oyalarni joriy etish XXR iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Agrar tarmoqni samarali isloh qilish va qishloq hududlarini rivojlantirish tufayli Xitoy ozuqa ekinlari, chorvachilik mahsulotlari, meva-sabzavot yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatga aylandi.
Iqtisodiyotning agrar sektorini modernizasiya qilishda fan va texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Ishlab chiqarishni axborotlashtirish va intellektuallashtirish tufayli qishloq xo‘jaligiga agroinnovasiyalarni joriy etish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash barobarida dehqonlar daromadi ortishiga ham xizmat qiladi.
Konferensiyada mamlakatlarimiz hamkorligini rivojlantirish jarayonida suv xo‘jaligini yaxshilash masalasi ham muhim ekani ta’kidlandi. Zero, suv resurslari cheklanganligi muammosi Xitoy uchun ham, Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Shu ma’noda, sug‘orishning Xitoy amaliyotida sinovdan o‘tgan samarali usullari anjuman ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Anjumanda qishloq xo‘jaligini ekologik jihatdan rivojlantirish va agrar tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi innovasion biotexnologiyalarni, sohani monitoring qilish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish kabi boshqa bir qator masalalar ham muhokama etildi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, erkin savdo hududlarini rivojlantirish hamda erkin iqtisodiy zonalarning O‘zbekiston mintaqalarini iqtisodiy rivojlantirishdagi o‘rnini oshirish lozimligi qayd etildi.
XXR Xalq vakillari Umumxitoy majlisi delegasiyasi a’zolari shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan ham uchrashdi.
Manba: uza. uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Rossiyada bir hafta ichida kasallanganlar soni qariyb 1 millionga yetdi
COVID-19, грипп ва ОРВИ тўсатдан кенг тарқалмоқда.
10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ISHIDchi, «Choyxona» rahbari AQShga ekstradisiya qilindi
2016 йилда АҚШдан Туркияга кетиб, қайтиб келмаган Ансарий 10 йилдан кейин Грузияда қўлга тушди ва 23 сентябрда АҚШга экстрадиция қилинди.
Netanyaxu nutqi paytida zalni tark etgan davlatlar ro‘yxati
Россия, Беларусь, Қозоғистон, Арманистон ва Озарбайжон бошқа давлатлар Нетаньяхуни тинглашда давом этган.
Ra’no Shodiyeva uchun og‘ir judolik
Бу ҳақда Раъно Шодиева ижтимоий тармоқдаги саҳифаси орқали хабар берди.
O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo keskin o‘zgaradi
Дам олиш кунлари Ўзбекистон бўйлаб ҳаво ҳароратининг пасайиши, ёмғир ёғиши ва момақалдироқ бўлиши кутилмоқда.
Zelenskiy yomon xabar oldi
Бу ҳақида АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Дэвис “Х” ижтимоий тармоғида ёзган.
Tramp nihoyat Zelenskiyning qat’iy so‘roviga rozilik berdi
Бу ҳақда Украина етакчиси Владимир Зеленский маълум қилди.
Taftish.uz tahririyati va DXX xodimlariga hukm o‘qildi!
Шунингдек, таҳририятнинг яна икки нафар вакили ҳамда собиқ ДХХ ходимлари 10 йилдан ортиқ муддатларга озодликдан маҳрум қилинган.
Eron ustidan g‘alaba O‘zbekistonni FIFA reytingida yuqoriga ko‘tardi
Эрон устидан қозонилган ғалаба Ўзбекистон миллий терма жамоасига ФИФАнинг live-рейтингида ҳам фойда келтирди.
"Men sizning oldingizga keldim, lutf ko‘rsatdim”
Лавров деярли беш йил ичида илк бор Германия ташқи ишлар вазири билан учрашди.
Dunyoda atigi uch kishi xorijga pasportsiz sayohat qilishi mumkin
Дунёдаги деярли барча саёҳатчилар бошқа давлатга қонуний равишда бориш учун амалдаги хорижга чиқиш паспортига эга бўлиши керак.
Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi
Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.
«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi
Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.
Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi
Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.
Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi
2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.
"Dodimni eshiting, bizni tinch qo‘ying, keting!"
Россиялик 14 ёшли ўспирин Путинга “даф бўлишини” айтиб мурожаат қилди
"Eronliklar kelishuvga erishilgan taqdirda bo‘g‘ozni ochishlarini aytishdi. Lekin bo‘g‘oz shundoq ham ochiq "
Ҳозирда денгизда атиги 15 миллион баррел Эрон нефти қолди
«Bu jarayon 8 yil vaqt oldi va yakuniy xulosaga kelish uchun yana ancha vaqt ketadi»
Ферран Сориано «Манчестер Сити»нинг Премьер-лига айбловлари бўйича позициясини билдирди.
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi qahramonlarini mukofotladi
Бу ҳақда президентнинг тегишли фармони эълон қилинди.
Armiyamiz o‘tgan asrda qolib ketgan - Qosim Jo‘mart To‘qayev
Мамлакат президенти Қосим Жўмарт Тўқаев Мудофаа вазирлигидаги вазиятни кескин танқид қилди.
So‘nggi to‘rt yilda 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan 445 ta jinsiy zo‘ravonlik ishi qo‘zg‘atilgan
Бу ҳақда 29 сентябрь куни Олий Мажлис Қонунчилик палатаси йиғилишида Демократик институтлар ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш масалалари қўмитаси раиси Гулруҳ Агзамова маълум қилди.
Qashqadaryoda 21 nafar o‘quvchi zaharlandi
Жорий йилнинг 23 сентябрь куни соат 11:45 ларда Ғузор туманидаги 51-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 21 нафар ўқувчиси кўнгил айниши ва бош оғриғи каби аломатлар билан Ғузор туман тиббиёт бирлашмасига олиб келинган.
Jizzaxda hokim yordamchisi bank xodimlari bilan birga fuqarolarning nomiga kredit ajratib, "eb yubordi"
Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан жиноят иш қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
O‘zbekiston 2031 yilda BMT Kongressiga mezbonlik qiladi
Ўзбекистон делегацияси БМТ Бош Ассамблеясидан сўнг ишини Абу-Дабида — Жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича 15-конгрессда давом эттирди. Нуфузли анжуманда дунёнинг турли мамлакатларидан 5 мингга яқин вакил иштирок этди.
Bog‘chada bolasi zo‘rlanishi ishi bo‘yicha tergovni Bosh prokuror shaxsan o‘z nazoratiga oldi
Ҳозирда бир нафар гумонланувчи шахс қамоққа олинган.
Uchqo‘rg‘on voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi
Иш доирасида бир нафар шахсга нисбатан қамоққа олиш эҳтиёт чораси қўлланилган.
Trampning Si Szinpin bilan surati sun’iy intellekt yordamida tahrirlanganmi?
АҚШ президенти Дональд Трамп «Трут Сошиал» ижтимоий тармоғида Вашингтон яқинидаги Эндрюс ҳарбий-ҳаво базасида Хитой раҳбари Си Цзиньпин билан қизил гилам устида турган суратини жойлаштирди.
Shvesiya Rossiya bilan urush e’lon qildimi?
Швециялик таҳлилчи Ларс Берн Швеция Россияга қарши «ҳарбий истерия»да иштирок этаётган давлатлардан бирига айланганини айтди.
Tramp Eronning tinchlik taklifini rad etdi
АҚШ президенти Доналд Трамп Эроннинг Ҳўрмуз бўғозини қайта очиш ва минтақадаги жангларни етти кун ичида тўхтатишни назарда тутган тинчлик таклифини рад этди, дея хабар бермоқда нашр америкалик расмийларга таяниб.
Putin va Vuchich Ukraina va Bolqon masalalarini muhokama qildi
Россия президенти Владимир Путин ва Сербия раҳбари Александр Вучич телефон орқали суҳбатлашиб, икки томонлама ҳамкорлик, Украинадаги можаро ва Болқондаги вазиятни муҳокама қилди.
AQSh razvedkasi Saudiya Arabistoni yadroviy qurol yaratishidan xavotirda
АҚШ разведка ҳамжамияти Саудия Арабистони келажакда ядровий қурол ишлаб чиқариш имкониятини сақлаб қолаётгани ҳақида хулосага келган.
Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT
Ҳурмуз бўғозидаги ўғит етказиб беришидаги узилишлар глобал озиқ-овқат таъминотига хавф туғдирмоқда.
Matbuot bilan qarama-qarshilik: CNN jurnalistiga Tramp bilan uchish taqiqlandi
Оқ уй CNN журналистининг АҚШ президенти Дональд Трамп билан Теннесси штатига учадиган «Эйр Форс Уан» самолётида бўлишига рухсат бермади.
O‘zbekistondagi barcha davlat bog‘chalari xodimlari tekshirilmoqda
Учқўрғондаги боғчадаги ҳолатдан сўнг барча давлат боғчалари текширилмоқда.
Toshkent viloyatida salkam 95 kg gashish giyohvandlik vositasi aniqlandi
Тергов ҳаракатлари давомида эса бу моддаларни яшириб кетилган жойдан олиб кетиш ҳақида топшириқ берган шахс ҳам аниқланиб, ушланди.
Namanganda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bog‘cha bolasi haqida tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘raldi
Болалар омбудсмани ижтимоий тармоқларда Учқўрғон туманида рўй берган ҳодиса бўйича турли асоссиз маълумотлар тарқалаётгани юзасидан баёнот берди.
Ukrainada Isroilga qaytayotgan 49 yoshli hasidiy yahudiy urushga safarbar qilindi
49 ёшли Йонатан Карлински-Машек Рош ха-Шана байрами муносабати билан Украинага келган ва Исроилга қайтиш учун чегарадан ўтаётганда Исроил паспортини кўрсатган.
Namanganda 5 yashar qizaloqqa jinsiy zo‘ravonlik qilinganligi yuzasidan rasmiy munosabat berildi
Болага қарши мазкур жинсий зўравонлик ҳолати юзасидан Наманган вилояти Учқўрғон тумани ИИБ Тергов бўлинмаси томонидан 12.09.2026-йилда ЖКнинг 118-моддаси 4-қисми, 112-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилган.
Qozog‘istonda o‘quv mashg‘ulotlari paytida 19 nafar harbiy Kaspiy dengiziga oqib ketdi
Қозоғистон Мудофаа вазирлиги қурбонлар оилаларига ҳамдардлик билдириб, уларга ёрдам кўрсатилишини маълум қилди.
Toshkentda maktab qo‘riqchisi 12 yoshli qizga shilqimlik qildi
Cуд ҳужжатига кўра, 23 ёшли Ш.Ж. мактабда шартнома асосида қўриқчи бўлиб ишлаган.
