Qirolicha Yelizaveta II Brexit sanasini ma’lum qildi

Qirolicha Yelizaveta II Brexit sanasini ma’lum qildi

Birlashgan Qirollik qirolichasi Yelizaveta II mamlakat hukumati Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi (Brexit) 31 oktyabrda bo‘lishini va Ittifoq bilan kelgusidagi hamkorlik haqida ma’lum qildi.

Qirolichaning so‘zlariga ko‘ra, yangi kelishuv bo‘yicha o‘zaro hamkorlik va erkin savdo munosabatlari beligilanadi.

"Evropa Ittifoqidan chiqqanimizdan so‘ng vazirlarimiz baliqchilik, qishloq xo‘jaligi va savdo borasida yangi tartiblarni joriy qiladilar", dedi Yelizaveta II.

Shuningdek, qirolicha Britaniya hukumati Yevropada ilm-fan, kosmosni o‘rganish sohasini rivojlantirishga har doim tayyor ekanini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!