Qirg‘izistonda endi TikTok bloklanadi

Qirg‘izistonda  endi TikTok bloklanadi

Yaqin kunlarda Qirg‘izistonda TikTok platformasidan foydalanish butunlay cheklanadi. Bu haqda Qirg‘izistonning Aloqa sohasini boshqarish va nazorat qilish xizmati barcha mahalliy internet-provayderlarga xat yuborgan.

Xatda Nazorat xizmatiga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan tegishli xat kelib tushgani, unda TikTok qirg‘iz segmentida «kontentni senzura qilishga tizimli va prinsipial yondashuv yo‘qligi», xususan, «bolalar axborot makonida» shunday ekani ta’kidlanadi.

Qo‘mita o‘z maktubida «Bolalar sog‘lig‘iga, ularning jismoniy, ma’naviy va ruhiy kamolotiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qonunga ishora qilgan.

2023 yil 30 avgust kuni Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi mamlakatda TikTok xizmati faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan edi. Tashabbus jamiyatda turlicha reaksiyaga sabab bo‘ldi – siyosatchilar, blogerlar va oddiy qirg‘izistonliklar o‘z fikrlarini bildirdi. Shu kuni Raqamli rivojlanish vazirligi provayderlardan Qirg‘iziston Respublikasida ijtimoiy tarmoqni «zudlik bilan» blokirovka qilish choralarini ko‘rishni so‘radi.

2023 yil dekabr oyi oxirida Raqamli rivojlanish vazirligi ijtimoiy tarmoq bir qator sabablarga ko‘ra hanuzgacha bloklanmaganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!