Qirg‘iziston va Tojikiston chegaracida dron uchirish ta’qiqlandi

Qirg‘iziston va Tojikiston chegaracida dron uchirish ta’qiqlandi

Qirg‘iziston va Tojikiston hukumati ikki davlat chegaralari yaqinida dron uchirmaslikka kelishib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining Botkendagi vakolatli vakili matbuot xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Qirg‘izistonning Botken viloyati rahbari Abdikarim Alimbayev va uning tojikistonlik hamkasbi Rajabboy Ahmadzoda shu masalani muhokama qilgan.

Tomonlar chegara zonasi yaqinida provokasion harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, suv resurslaridan maqsadli foydalanish va ikki davlat chegarasida tinchlikni saqlashga kelishib olgan.

Chegara hududda dronlarning parvozini taqiqlash bo‘yicha dastlabki kelishuv 2022 yil mart oyida Qirg‘iziston—Tojikiston komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!