Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev ham Toshkentga yetib keldi

Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev ham Toshkentga yetib keldi

Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi, deb xabar beradi O‘zA.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 1—2 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan nufuzli anjumanda SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!