Qashqadaryolik 26 yashar zargar Amir Temurning uzugini tiklamoqda

Qashqadaryolik 26 yashar zargar Amir Temurning uzugini tiklamoqda

Hunarmandlar sulolasining oltinchi avlodi bo‘lgan Sharif Raupov G‘uzor tumanidagi Chaqar mahallasida istiqomat qiladi. Endigina 26 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, o‘zbek milliy zargarlik san’ati rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, deya xabar beradi O‘zA.

Ayni kunda Sharifjon O‘zbekistondan olib ketilgan nodir zargarlik buyumlarining nusxalarini qayta tiklayapti. Masalan, «Jevak» deb ataluvchi taqinchoqning asl nusxasi Sank-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Unga kumush, asl marjon, marvarid kabi qimmatbaho toshlar bilan zeb berilgan.

— Ikki yildan buyon Amir Temur bobomizning uzugini tiklayapman, — deydi SH.Raupov. — Sarkardaning uzugi juda noyob bo‘lgan. Uning ustida Temuriylar saltanatining muhri bo‘lgan. Mustaqillik bayramigacha tayyor bo‘ladi nasib etsa. Asli esa Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi muzeyda saqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!