Qashqadaryoda o‘g‘il otasini qasddan o‘ldirdi

Qashqadaryoda o‘g‘il otasini qasddan o‘ldirdi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida o‘g‘il otasini o‘ldirdi. Bu haqda jahon.uz xabar qildi. 
Ma’lum bo‘lishicha, 1981 yilning 8 fevralida tug‘ilgan Kamolov Bahodir Qarshiyevich 2005 yildan boshlab og‘ir kechuvchi shizofreniyaning vasvasa sindromi bilan “D” hisobida turgan. U otasi Q.Kamolovni o‘ldirganlikda gumonlangan. 

Manbaning yozishicha ota o‘g‘lini “Baris” va “jinni” deb atagan, shuningdek, bir necha marotaba ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizgan. Ushbu harakatlardan g‘azablangan B. Kamolov otasini yog‘och dastasi bilan yuzi va boshiga bir necha marotaba zarba berib, qasddan o‘ldirgan.

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish tugatilgan va sud qaroriga ko‘ra Respublika kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburiy davolanish uchun joylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!