Qashqadaryoda «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketdi

Qashqadaryoda «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketdi

M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Bibiqorasoch mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 4 mart kuni soat 15:45 lar atrofida M39 xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Bibiqorasoch mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketgan. Yong‘in Dehqonobod tuman FVB yong‘inga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Ammo ungacha yuk mashinasining kabina, motor qismi va shinalari yonib, yaroqsiz holga kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yuk mashinasi tirkama bilan harakatlangan.Qashqadaryoda «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketdi

Mazkur yuk mashinasining haydovchisi bo‘lgan G‘uzor tumanida yashovchi shaxs yuk mashinasida Shahrisabz shahridan Termiz shahriga qadoqlangan suv olib ketayotgan bo‘lgan. Yong‘indan hech kim jabrlanmagan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!