Qashqadaryoda ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

Qashqadaryoda ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida taniqli kinoijodkorlar va boshqa san’at vakillari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Yakkabog‘ tumani va boshqa hududlarda ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, bayram munosabati bilan Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Hamidulla Hasanov tomonidan suratga olingan “101” filmi namoyish etildi.

Viloyatdagi ijodiy uchrashuvlar hamda filmlar namoyishlari 15 mayga qadar davom etadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!