Qashqadaryoda fuqaro va uning pochchasi bir-birini do‘pposladi

Qashqadaryoda fuqaro va uning pochchasi bir-birini do‘pposladi

2021 yilning 24 iyul kuni soat 17-00 larda Kitob tumani “Panji” MFYda yashovchi X.G‘ turmush o‘rtog‘i X.Oning singlisini o‘g‘li S.B.ga “Yur qo‘ylarimga ukol qildirishim kerak, shunga yordam berasan”-deb, uni uyidan olib ketib, o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligi dala maydoniga olib borib, u yerda qo‘ylarga ukol qilib bo‘lishgandan so‘ng usha yerda ikkalasi 3 shisha aroq ichib dam olib o‘tirgan vaqtda, S.B mast holatda hech bir sababsiz X.G‘ning to‘g‘ri kelgan joylarga qo‘l va oyoqlari bilan urib-tepib tan jarohati yetkazib qochib ketgan.

Shundan so‘ng, X.G‘ o‘ziga kelgan vaqtda S.B yana uning oldiga qaytib kelganini ko‘rib, yerda turgan belkurakni olib uni shu belkurak bilan urib yiqitib tan jarohati yetkazib, eplay olmaganidan so‘ng uni ikkala qo‘lini bog‘lab qo‘yib, S.B.ning ukasi S.D.ni chaqirib berib yuborgan.

Mazkur holat 25.07.2021 yilda Kitob tumani IIB Navbatchilik qismidan ro‘yhatdan o‘tkazilib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, prosessual rasmiylashtirilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasining tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, S.B.ning bosh miya chayqalishi, ensa sohasini ezilib yirtilgan jarohati, burun suyagining yopiq sinishi, o‘ng tomondan 5-6 qovurg‘alarining o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘yicha sinishi, aralash shok 2-3 darajasi ko‘rinishidagi tan jarohatlari borligi ko‘rsatilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasining tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, X.G‘.ning bosh miya chayqalishi, ikkala ko‘z qovoq sohasidagi ko‘karib shishgan jarohatlar, old tomondan 3 dona tishlarning siljib sinishi va yuzdagi qontalashlar ko‘rinishidagi tan jarohatlari borligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!