Qashqadaryoda 400 mingta ish o‘rni yaratiladi

Qashqadaryoda  400 mingta ish o‘rni yaratiladi

–Viloyatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha muhit to‘liq shakllanmagan. Shu bois, bugungi kunda viloyatda 150 mingdan ziyod aholi ishsiz. Kelgusi besh yilda 280 mingga yaqin yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishi ham ish o‘rinlariga ehtiyojni oshiradi. Shuning uchun, bugun Sizlar bilan kelgusida Qashqadaryo viloyati rivojiga kuchli turtki berish, bu yerda yashayotgan aholiga munosib ish o‘rinlari va turmush sharoitini yaratib berish bo‘yicha eng muhim vazifalar haqida fikrlashib olsak, o‘ylaymanki, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu maqsadda tayyorlangan besh yillik dasturimizning eng asosiy maqsadi 400 mingta ish o‘rni yaratishga qaratiladi. Bu borada, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini shakllantirish va biznesni qo‘llab-quvvatlash kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!