Qashqadaryoda 11 nafar loqayd rahbar ishdan bo‘shatildi

A A A
Qashqadaryoda 11 nafar loqayd rahbar ishdan bo‘shatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, Respublika Bosh prokurori va Ichki ishlar vazirining qo‘shma farmoyishiga asosan Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi Ishchi guruh joriy yilning 23-26 iyul kunlari Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

"Xalq so‘zi" nashrining ma’lumot berishicha, Ichki ishlar vaziri Qarshi, Kitob, Kasbi, Qamashi, Nishon, Shahrisabz tumanlari hamda Qarshi va Shahrisabz shahar ichki ishlar bo‘limlari, ushbu shahar va tumanlardagi ichki ishlar organlari tayanch punktlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash, Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida bo‘lib, ularda mavjud sharoitlar, shaxsiy tarkibning ma’naviy yetukligi va huquqiy savodxonligi, rahbar va xodimlarning xizmat vazifalari ijrosini tashkil etishning samaradorligi, tartib-intizomga rioya etish, aholidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish ahvolini shaxsan o‘rgandi.

To‘rt kun davom etgan sohaviy o‘rganishlarning yakuniy hisoboti sifatida 26 iyul kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri P. Bobojonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davrida Qashqadaryo viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgani aytib o‘tildi. Ko‘rilgan kompleks choralar natijasida viloyat bo‘yicha umumiy jinoyatlar 1.139 taga yoki 50,3 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 644 taga yoki 45 foizga kamayganligi qayd etildi. Qarshi shahrida “Ezgulik patruli”, Shahrisabz shahrida “Xavfsiz turizm” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, viloyat hududida jami 481 ta “Jamoatchilik nazorati maskanlari” tashkil etilgani va aholi gavjum bo‘ladigan 7 mingdan ziyod ob’ektlarga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgani jinoyatchilikka qarshi kurashishda natijadorlikka erishishni ta’minlagani ta’kidlandi.

Shu bilan bir qatorda, ayrim shahar va tumanlarda tegishli chora-tadbirlar tizimli va maqsadli olib borilmayotganligi, profilaktika inspektorlari o‘z faoliyatini mahalla fuqarolar yig‘ini, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi bo‘linmalari va jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda tashkil etmayotganliklari oqibatida oila-turmush va qo‘ni-qo‘shnichilik doirasidagi jinoyatlar, ayniqsa, qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish kabi o‘ta og‘ir va og‘ir turdagi jinoyatlar hamon yuqoriligicha qolayotgani, viloyatda mavjud 730 ta mahallaning 61 foizida jinoyat sodir etilishiga, 138 tasida esa jinoyatlar oshishiga yo‘l qo‘yilganligi, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar sektorlarda o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ta’minlanmay, tadbirlar manzilli o‘tkazilmayotganligi aholining haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotganligi, shaxsiy tarkib bilan bilim saviyasini oshirish, tarbiyaviy ishlar o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratilmaganligi natijasida rahbarlar va xodimlar tomonidan xizmat intizomini buzish, hatto jinoyatlar sodir etish holatlari kelib chiqayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Majlisda ayrim ichki ishlar organlari xodimlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar, xizmat faoliyatiga aloqador me’yoriy hujjatlarning tub mazmun-mohiyatini anglamay, eskicha uslub va dunyoqarash bilan xizmat olib borayotganligi qayd etilib, qator rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rildi.

Shu jumladan, xizmat vazifasiga loqaydlik va sustkashlik bilan munosabatda bo‘lib, xizmatni samarali tashkil etish choralarini ko‘rmaganligi, qo‘l ostidagi xodimlar faoliyatini talab darajasida nazorat qilmagani oqibatida shaxsiy tarkib o‘rtasida tartib-intizom susayib ketishiga sababchi bo‘lganligi uchun Qarshi tumani IIB boshlig‘i J.Rajabov, Muborak tumani IIB boshlig‘i S.Sharipov, Koson va Qarshi tumanlari IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari N.Qarshiyev va A.Aminov, Shahrisabz, G‘uzor va Dexqonobod tumanlari IIB boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari Q.Toshmurodov, A.Aliyev va N.Bozarovlar, Muborak va Chiroqchi tumanlari IIB boshliqlarining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosarlari T.Baxromov va J.Murodov, viloyat IIB YHXB boshlig‘ining kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Mirshatov, hamda Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i X.Rizakulovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat qidiruv, tergov, kadrlar bilan ishlash xizmatlari xodimlariga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.