Qarshidagi do‘konlardan birida xaridor jinoyatga qo‘l urdi

Qarshidagi do‘konlardan birida xaridor jinoyatga qo‘l urdi

Qarshi shahridagi “Orzu” bozorida kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanuvchi R.X. xaridor ko‘pligidan qo‘li-qo‘liga tegmadi.

Tushlik o‘tib, mundoq kassasiga qarasa, pulning cho‘g‘i kam. Darhol hisob-kitob qilib, 2 million 200 ming so‘m kamligini bildi-yu, Qarshi shahar 2-sonli IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi.

O‘rganishlardan so‘ng shu kuni soat taxminan 14:00larda notanish bir fuqaro do‘konda o‘zini xaridordek ko‘rsatib, sotuvchini chalg‘itib, kassadan pullarni o‘g‘irlab ketgani ma’lum bo‘ldi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘ri qo‘lga olindi. U Koson tumanidagi “Ushoqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi muqaddam sudlangan X.K. ekan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!