Qarshida qotillik: kir yuvuvchi ayolning eri ombor mudirini o‘ldirdi

Qarshida qotillik: kir yuvuvchi ayolning eri ombor mudirini o‘ldirdi

Avvalroq Qarshidagi bog‘chada er o‘z xotinini rashk qilib boshqa erkakni o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Maktabgacha ta’lim vazirligining xabar berishicha, voqea sodir bo‘lgan “Yulduzcha” nomli bog‘cha Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yurisdiksiyasi doirasida joylashgan va u yerga xodim olish hamda bo‘shatish IIB tuman bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan voqeada bog‘chaning ombor mudiri o‘ldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi. Uni bog‘chadagi kir yuvuvchi xodimning eri o‘ldirgan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan JKning 97-moddasi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!