Qarshida janjal: ikki kishi pichoqlandi

Qarshida janjal: ikki kishi pichoqlandi

2019 yil 9 may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi 33 yoshli Q.O. ish joyida o‘zaro janjal tufayli Bodomzor mahallasida yashovchi 28 yoshli S.B.ning bel va qorin qismiga hamda Lolazor ko‘chasida yashovchi 28 yoshli B.YU.ning qorin va bo‘yin qismlariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, S.B. va B.YU.lar kasalxonaga yotqizilganlar. Q.O. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!