Qarshida bozor xodimida koronavirus aniqlandimi? Aniqlik kiritildi

Qarshida bozor xodimida koronavirus aniqlandimi? Aniqlik kiritildi

Qarshi shahridagi “Erqo‘rg‘on” dehqon (oziq-ovqat) bozori ishchilari orasida koronavirus infeksiyasi yuqtirgan kishi aniqlangani haqidagi mish-mishlar hech qanday asosga ega emas. Bu haqda bozor rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Bu kabi mish-mishlarning paydo bo‘lishiga kecha Koson tumani Nekuz qishlog‘ida yashovchi bir necha kishining bozordan olib ketilib,  ulardan Covid-19 virusi uchun tahlil olingani sabab bo‘lgan. Ayni paytda ushbu fuqarolarning hech birida virus aniqlanmadi.

Shunga qaramay, bozorda barcha zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish, sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash maqsadida keng miqyosli dizenfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

“Erqo‘rg‘on” dehqon (oziq-ovqat) bozori” AJ raisi Toshturdi To‘rayevning ma’lum qilishicha, ertaga ham bozorda to‘liq dezinfeksiya tadbirlari o‘tkaziladi. 13 iyun kuni tongdan esa bozor karantin talablariga qat’iy amal qilgan holda yana o‘z faoliyatini  boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!