Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi YTH sodir etdi. Bir kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi YTH sodir etdi. Bir kishi halok bo‘ldi

Bugun, 27 may kuni soat 15:25larda A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni 250 kilometrida “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” yuk avtomashinasining tormoz qismi ishlamay qolishi natijasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va shu yo‘nalishda turgan “Kia”, “Damas” va 2ta “Cobalt” avtomashinalariga urilib, ovqatlanish maskani hududidagi favvoraga borib to‘xtagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan va uch nafar fuqaro tan jarohati bilan Pop tumani shifoxonasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!