Putinning karantin qoidasini "buzganiga" rasmiy izoh berildi

Putinning karantin qoidasini "buzganiga" rasmiy izoh berildi

Rossiyada bugun konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq ovoz berishning asosiy kunida Vladimir Putin Rossiya Fanlar akademiyasining prezidiumidagi saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.

Ko‘pchilik Rossiya Federasiyasi Prezidenti niqob va qo‘lqopsiz ekanligiga e’tibor qaratdi. Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu holatga izoh berdi. Unga ko‘ra, bu xavfsizlik choralariga e’tiborsizlik bilan bog‘liq emas.

"Prezident har bir uchastkada sanitariya choralari ko‘rilganiga to‘liq ishonadi", – dedi Peskov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!