Putinning Ikkinchi Jahon urushiga oid maqolasi tanqid ostida qoldi
Ikkinchi Jahon urushi litvaliklarning va butun Yevropa xalqlarining taqdirini o‘zgartirdi, shuning uchun Litva Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning "Buyuk G‘alabaning 75 yilligi: tarix va kelajak oldida umumiy javobgarlik" maqolasini neytral holda qabul qila olmaydi.
Litva Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi favqulodda va muxtor yelchisi Eytvidas Bayarunas bu haqda "Exo Moskva" radiosida gapirib, uning diplomatik maqomi sharhlash imkoniyatlarini cheklashini ta’kidladi.
Shu bilan birga, elchi qiyin harbiy davr ko‘plab davlatlar uchun katta yo‘qotishlarni anglatishini, shuning uchun tarix bilan tarixchilar shug‘ullanishi kerakligini aytib o‘tdi.
“Diplomat, Litvaning rasmiy vakili uchun siz joylashgan mamlakat prezidentining maqolasi xususida biron-bir so‘z aytish qiyin. Albatta, siyosatchilar bayonot berishadi — bu siyosatchilarning ishi», — dedi u.
Bayarunasning so‘zlariga ko‘ra, litvaliklarning qatl etilishi va Sibirga deportasiyasi fonida Litva xalqining SSSR tarkibiga o‘z ixtiyori bilan kirgani haqidagi fikrlarga xotirjam qarab bo‘lmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyun kuni Latviya va Estoniyada Putinning maqolasini tanqid qilishgandi. Maqolada Putin Ikkinchi Jahon urushining sabablari haqida gapirgan edi. Maqolada Boltiqbo‘yi davlatlarining (Litva, Latviya va Estoniya) SSSRga qo‘shilishi "saylangan hokimiyatlarning roziligi bilan" va o‘sha davrdagi xalqaro va davlat qonunlariga muvofiq amalga oshirilganligi aytilgan.
