Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Amerika muzokaralarida ishtirok etib, Ilon Maskka 2029 yilda Rossiya va AQShning Marsga qo‘shma missiyasini tashkil etishni taklif qildi. U bu haqda X platformasida yozib qoldirdi. "Aqlimiz va texnologiyalarimiz insoniyatni yo‘q qilishga emas, balki uning shon-shuhratiga xizmat qilishi lozim," dedi Dmitriyev.
Ilgari Mask 2026 yil oxirida uning kompaniyasi Marsga odamsimon Optimus roboti joylashtirilgan Starship kemasini yuborishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, agar qo‘nish muvaffaqiyatli bo‘lsa, Qizil sayyoraga birinchi astronavtlarning tushishi 2029 yildayoq amalga oshishi mumkin, biroq ehtimolroq muddat 2031 yil hisoblanadi.
18 fevral kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Rossiya-AQSh muzokaralari davomida Dmitriyev investisiya va iqtisodiyot yo‘nalishini nazorat qildi. RFPI ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda u AQSh vakillari bilan mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni tiklash istiqbollarini muhokama qilgan.
23 fevral kuni Vladimir Putin Dmitriyevni chet davlatlar bilan investitsiyaviy-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zining maxsus vakili etib tayinladi. Bu lavozimda u Rossiyaning nafaqat Global Janub mamlakatlari bilan, balki G‘arb, shu jumladan AQSh bilan ham ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, Dmitriyev RFPI rahbari lavozimini saqlab qoladi.
Vashington Marsni o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalar haqida bir necha bor bayonot bergan. Xususan, 2025 yil 20 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining qasamyod marosimidagi nutqida "u yerda yulduzli-yo‘l-yo‘l bayroqni o‘rnatish" uchun astronavtlarni Marsga yuborish niyatini e’lon qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Москва якуний тинчлик келишуви бўйича музокараларда муваффақиятга эришилса, Украинада вақтинчалик ўт очишни тўхтатишга тайёрлигини билдирди, деб хабар бермоқда Bloomberg манбалари.
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
АҚШ Адлия вазирлиги компаниялар нархларни ошириш мақсадида тухум етказиб беришни сунъий равишда чеклаб қўйган ёки йўқлигини аниқлаш учун текширув бошлади, деб хабар берди Gefluegelnews 14 март куни.
Украина Президенти Курск операцияси туфайли Покровск ва Харков йўналишларидаги вазият барқарорлашганини, Россия учун эса Покровскка яна таҳдид солиш имкониятини топиш "жуда қийин бўлишини" таъкидлади.
Россия президенти Владимир Путин Украина билан тинчлик келишуви ғояси "тўғри" эканлигини, аммо "муҳокама қилиниши лозим бўлган масалалар, шу жумладан АҚШ билан ҳам" мавжудлигини таъкидлади.
Шунингдек, омборда кирим ҳужжатларига эга бўлмаган, қиймати 1 млрд. 187 млн. сўмлик, маҳаллий ва хориждан келтирилган 25.746 дона турли хил спиртли ичимликлар мавжудлиги ҳам аниқланди.