Putin yana bir davlat rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Putin yana bir davlat rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Malining o‘tish davri prezidenti Assimi Goita bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Assimi Goita Rossiya tomoni ko‘rsatgan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi uchun Vladimir Putinga o‘z minnatdorchiligini bildirdi”, — deyiladi RIA Novosti xabarida.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

“Ayniqsa, Rossiya oziq-ovqatlari, o‘g‘itlar va yoqilg‘ilarni Maliga yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqildi”, deyiladi matnda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!