Putin SSSRni qayta tiklamoqchi — Germaniya

Putin SSSRni qayta tiklamoqchi — Germaniya

Bundestag tashqi siyosat qo‘mitasi raisi, sosial-demokrat Maykl Rotning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin butun dunyoni XX asrga qaytarishga urinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari ikki qutbli dunyo tartibini qayta tiklamoqchi.

«Evropa Ittifoqining bo‘linishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Putin ikki qutbli dunyo tartibini tiklashga intilib, o‘zini va butun dunyoni 20-asrga qaytarishga harakat qilmoqda. Ammo biz bu rus o‘yiniga tortilmasligimiz va o‘tmishdagi ritorikani qabul qilmasligimiz kerak», dedi Rot Handelsblatt gazetasiga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, demokrat Rossiyaga qarshi qattiq sanksiyalar joriy etish tarafdori. Ular muammoli «Shimoliy oqim 2» gaz quvuriga ham murojaat qilishlari mumkin. “Agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Germaniya qattiq sanksiyalar joriy qilishi va Boltiqbo‘yi gaz quvurini shubha ostiga qo‘yishi kerak. «Shimoliy oqim» har doim siyosiy loyiha bo‘lib kelgan”, — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!