Putin: rubl dunyo valyutalari orasida eng yaxshi sur’atni ko‘rsatmoqda

Putin: rubl dunyo valyutalari orasida eng yaxshi sur’atni ko‘rsatmoqda

Rossiya prezidenti rubl 2022 yilda dunyo valyutalari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyon etayotganini ma’lum qildi.

Joriy yilda rubl kursi dunyo valyutalari orasida eng yaxshi sur’atni ko‘rsatmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Milliy valyuta – rubl kursi ham mustahkamlanmoqda. Joriy yilda u, ehtimol, dunyo valyutalari orasida eng yaxshi sur’atni namoyon etmoqda”, - dedi Putin iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

U Rossiya G‘arb mamlakatlari sanksiyalari keltirib chiqargan tashqi chaqiriqlarga dosh berayotganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi haftalik inflyasiya sekinlashgan.
“Asta-sekin inflyasiya sekinlashmoqda, o‘tgan oy davomida uning sur’atlari mart darajasiga qaraganda bir necha baravarga qisqardi”, - dedi Putin.
Avvalroq “Bloomberg ” agentligi rubl dunyoning eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega valyutasiga aylanganini ma’lum qilgan edi. Ta’kidlanishicha, rublning daromadlari hukumat tomonidan valyutani himoya qilish uchun ko‘rilgan bir qator chora-tadbirlar natijasida yuzaga keldi. Rossiya kapital nazoratini o‘rnatishdan tashqari eksportchilarni valyutani sotishga majbur qilib, tabiiy gaz uchun rublda to‘lanishini talab qilmoqda.
12 may kungi Moskva birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, dollar ilk bor 2020 yil fevraliidan buyon 65 rublga tushgan. Yevro esa ilk bor 2017 yil iyunidan buyon 67 rublni tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (4 )

    Asomiddin
    Malades aka yanayam tuwiring
    Tolib
    Рассия урааа
    N U R A D D I N
    50 олиб келинг
    Jahongir
    😂😂😂😂