Putin Poroshenko haqida: "Uning o‘ylaganlari barbod bo‘ldi"

Putin Poroshenko haqida: "Uning o‘ylaganlari barbod bo‘ldi"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda KXDR rahbari Kim Chen In bilan o‘tkazilgan Rossiya-Koreya muzokaralaridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida chiqish qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Jurnalistlar oldida chiqish qilgan Rossiya yetakchisi kuni kecha Ukrainada bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bo‘yicha o‘zining ilk munosabatini bildirdi.

Bu Poroshenko siyosatining to‘la barbod bo‘lishi. To‘liq va mutlaqo. Ishonchim komilki, yangi hukumat buni tushuna olmaydi , - dedi Putin.

Anjuman davomida Putin Ukraina prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiy davrida Rossiya-Ukraina munosabatlari qanday davom etishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlarini ham bildirib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyev munosabatlari Ukraina yangi rahbarining olib bormoqchi bo‘lgan siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.

Biz munosabatlarni to‘la tiklash tarafdorimiz, ammo biz buni faqat bir tomonlama qila olmaymiz , - deya ma’lum qildi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladivostokda Rossiya va KXDR yetakchilarining birinchi sammiti o‘z yakuniga yetgani haqida xabar qilgan edik. Muzokaralar 3,5 soatdan ortiq davom etdi. Ikki davlat rahbari 2 soat yuzma-yuz suhbatlashishdi.

21 aprel, yakshanba kuni Ukrainada prezident saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saylov natijasiga ko‘ra prezidentlik lavozimi uchun kurash olib borgan Vladimir Zelenskiy saylovchilarning 73 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!