Putin NATO uchun “eng katta sovg‘a” ekani aytildi

Putin NATO uchun “eng katta sovg‘a” ekani aytildi

Amerika Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq rahbari, iste’fodagi general Devid Petreus Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinni NATO uchun sovuq urush davridan beri eng katta sovg‘a deb atadi.

Petreusning ta’kidlashicha, Putinning hokimiyatga kelishi Shimoliy atlantika ittifoqining mavjud bo‘lishi uchun yangi sabab bo‘ldi. Rossiya yetakchisining siyosati esa AQSh ko‘plab davlatlarning suyangan tog‘i bo‘lib qolishiga xizmat qilgan.

Iste’fodagi general Qo‘shma Shtatlar NATO uchun blokning boshqa a’zolaridan ko‘proq e’tibor berishini, xususan, moliyaviy ta’minot masalasini ta’kidlab o‘tgan. Petreus AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati alyansni rivojlantirish ustida ish olib borayotganini qo‘shimcha qilgan.

2018 yil noyabr oyida NATOga a’zo davlatlar harbiy harajatlarini mamlakat YAIMning 2 foizigacha oshirgani ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg aytib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!