Putin: "Cobiq SSSR mamlakatlari ishiga aralashmang!"

Putin: "Cobiq SSSR mamlakatlari ishiga aralashmang!"

Sobiq ittifoq hududidagi mamlakatlarda davlatchilik nihollariga o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, maslahatlar va tavsiyalar bilan ular ishiga aralashmaslik, turli tomonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida takliflar va millionlarni tutqazib, o‘ta nozik joyda dag‘allik bilan harakat qilib, borini ham yo‘q qilmaslik kerak, deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Bu haqda "sputniknews-uz.com" yozmoqda.

"Barcha sobiq ittifoq mamlakatlariga o‘ta e’tiborlilik bilan munosabatda bo‘lib, bu davlatchilik nihollarini o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llab-quvvatlamoq lozim, chetdan turib turli maslahatlar va tavsiyalar berish mutlaqo mumkin emas, shuningdek, har qanday aralashuvdan tiyilish lozim. Chunki bu narsalar ushbu mamlakatlardagi endi rivojlanib kelayotgan, hali mo‘rt bo‘lgan institutlar, suverenitetlar va davlatchilikni barbod qiladi. Bu mamlakatlardagi odamlarga jamiyat ichidagi munosabatlarni ehtiyotkorlik bilan qurishlariga imkon berish lozim. Shunchaki misollar keltirish mumkin, biroq o‘z takliflaringiz, o‘z millionlaringiz bilan goh bir, goh ikkinchi tomonni, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida idish-tovoqlar do‘koniga kirib qolgan fildek tutish, ular ishiga aralashish kerak emas", - dedi u "Valday" munozaralar maydonida qilgan chiqishida.

"Sobiq ittifoq davlatlari bilan munosabatlarimiz qanday shakllanmasin, manfaatlar birligi baribir tosh bosadi", deya qo‘shimcha qildi.

"Biz ulkan aloqalarga egamiz, iqtisoddagi kooperasiyamiz o‘ta chuqur, gumanitar aloqalarimiz kuchli, bir hammamiz bitta tilda gaplashamiz... Mazmunan olganda, biz bitta madaniy maydon odamlarimiz, men tarix haqida gapirganim yo‘q hali - biz umumiy tarixga, nasizm ustidan umumiy g‘alabaga egamiz. Bizning ajdodlarimiz, otalarimiz, bobolarimiz o‘z qoni bilan alohida munosabatlarimizni mustahkamlashgan. Va bugun nimaiki ro‘y bermasin, siyosiy kon’yuktura qanday rivojlanmasin, ayni vaqtda shunga qat’iy ishonamanki, mana shu - manfaatlar umumiyligi barcha davlatlar bilan, ular bilan munosabatlarimiz qanchalik qiyin kechmasin, biroq baribir aloqalarimiz qaytadan taraqqiy etishiga yo‘l ochib beradi", - dedi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!