Putin BRIKS parlamentini yaratishga ruxsat berdi

Putin BRIKS parlamentini yaratishga ruxsat berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKS X parlament forumida so‘zlagan nutqida birlashtiruvchi parlamentni yaratishga ruxsat berdi.

«BRIKS hali o‘zining institusionallashgan parlament tuzilmasiga ega emas, ammo men kelajakda bu g‘oya albatta amalga oshishiga ishonaman», dedi u.

Uning eslatishicha, joriy yilda assosiasiya ishtirokchilari soni o‘ntaga yetgan va Rossiya rais sifatida yangi a’zolarning BRIKS mexanizmlariga samarali integrasiyalashuvini ta’minlashga harakat qilmoqda.

11-12 iyul kunlari Sankt-Peterburgda BRIKSning o‘ninchi parlament forumi bo‘lib o‘tmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!