"PSJ" himoyachisi "Real"ga qaytishni istamoqda

"PSJ" himoyachisi "Real"ga qaytishni istamoqda

«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi Ispaniyaga qaytmoqchi. Futbolchi yana "Real"da o‘ynashga qarshi emas. Bu haqda Ispaniyaning El Nacional nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “Real” Hakimi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. «Qaymoqranglilar» futbolchi uchun kamida 70 million yevro to‘lashi kerak (Transfermarkt). 2020 yilda madridliklar futbolchini "Inter"ga 43 millionga sotgandi.

Joriy mavsumda Hakimi 22 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!