Prezident nega qizning shapkasini yuziga uloqtirdi? (video)

Prezident nega qizning shapkasini yuziga uloqtirdi? (video)

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Zaporojyedagi g‘alati xatti-harakati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoq olamida Ukraina yetakchisining saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda aks ettirilgan video joylashtirilgan edi. Kadrlarda Poroshenkoning uchrashuvga kelgan saylovchilar qo‘lini siqib ko‘rishayotganini aks ettirilgan kadrlarni ko‘rish mumkin. Ammo qandaydur bir on u olomon orasidagi qizning shapkasini yechib olib, uning yuziga uloqtiradi. Bu hammasi shunchalik tez sodir bo‘ladiki, qiz Poroshenkoning qilig‘iga qanday munosabat bildirishini bilmaydi.

Poroshenkoning bu xatti-harakati internet foydalanuvchilarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ayrimlar prezident o‘ziga nisbatan yoqimsiz so‘zlar eshitdi va shuning uchun shu tarzda o‘z munosabat bildirdi, deya taxmin qilishmoqda. Boshqalar esa uni mast bo‘lgan deb hisoblashmoqda.

Ukrainada agar odamning shapkasini yechib olsang, prezident bo‘lasan, degan urf-odat bor , - deya izohlaydi foydalanuvchilardan biri.

Yaxshi ham shapkasini yechib oldi, boshqa narsasini emas , - deb zaharxanda qiladi boshqasi.

Pyotr Poroshenko matbuot xizmati ushbu hodisa hech qanday izohlamadi.

Ukrainada navbatdagi prezident saylovlari 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari lavozimiga 44 ta nomzod da’vogarlik qilmoqda. So‘rovlar natijasiga ko‘ra, amaldagi prezident Poroshenkoning reytingi 14 foizdan ortiqni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!